alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyat hokimining bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha uchrashuvi

16:44 17.06.2020

Bugun Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga bag‘ishlagan yig‘ilish o‘tkazildi. Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, litsey va kollejlar rahbarlari, bitiruvchi kurslarning guruh murabbiylari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash monitorningini, ta’lim muassasalari, bitiruvchi va ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomalarni tahliliy ko‘rib chiqdi.

Yig‘ilish davomida uyushmagan yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi. Viloyat hokimi yoshlarni ish bilan ta’minlash borasidagi barcha topshiriq va ko‘rsatmalar doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!