alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda xushxabar!

09:01 29.04.2020

Hozirgi cheklangan xayotning ushbu ajoyib kunlarida har bir insonni faqatgina bir xabar qiziqtirayotgani tabiiy: nechchi nafar qo’shildi, nechchi nafar sog’aydi !
28-aprelь kuni Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning birdaniga 27 nafari koronavirus infektsiyasidan tuzalib, salomatlik holati tiklanganligi tufayli sog’liqni mustahkamlash shifo maskaniga – reabilitatsiyaga viloyat hokimligi ma’sullari, sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbarlari ishtirokida kuzatib qo’yildi.
Eng quvonarlisi sog’aygan bemorlar orasida xali maktabga xam borib ulgurmagan 6 yoshli bolajonning quvonchi cheksiz.
Bugun sog’ayib, reabilitatsiyaga yo’l olayotgan fuqarolarimizning 21 nafarini ayollar tashkil etsa, 6 nafarini erkaklar tashkil etmoqda.
Sog’ayib reabilatatsiyaga yo’l olganlarning 11 nafari Andijon shahridan, 10 nafari Andijon tumanidan, 4 nafari Oltinko’l tumanidan, 2 nafari Xo’jaobod tumanidan.
Andijonda koronavirus infektsiyasidan sog’ayganlar 88 nafarni tashkil etib, umumiy kasallangan bemorlarning 57 foizini tashkil etmoqda.
El-yurtimiz duosi ila nasib etsa yaqin kunlarda fidoiy shifokorlarimizning tunu-kun mehnatlari evaziga barcha bemorlarimiz shifo topib, o’z oilalari bag’riga yo’l oladilar.

Andijon SSB matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!