alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONLIK ISH BERUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

15:26 20.02.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oily ta’lim muassasalaridan biri.. Institutimizda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Andijon viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 396 nafarni tashkil qiladi. Shundan 234 nafari bakalavriat, 73 nafari klinikordinatorlar, 89 nafari magistratura bitiruvchilaridir.
Bugun institut Kengashlar zalida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinikordinatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda institut prorektorlari, doktorantura va klinikordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni ADTI Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i A..Ziyayev ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig‘I Qahramonjon Saidumarov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Andijonlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!