alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

APREL OYI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

15:40 24.04.2024

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.

Dastlab, institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida 1-o‘rin sohibasi bo‘lganligi munosabati bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Pakirdinov “Mart oyida o‘tkazilgan ichki attestatsiya natijalari to‘g‘risida”gi hisobotini o‘qib eshittirdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov  30-aprel kuni o‘tkaziladigan Ilmiy-tadqiqot konferensiyasiga tayyorgarlik holati haqida ma’lumot beridi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar tahlili tinglanib, fikr mulohazalar bildirildi. Amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!