alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKA TUMANIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILDI

15:10 16.03.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim muassasalaridagi amaliy-uslubiy yordamning navbatdagisi 6-Oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning 12 nafar malakali mutaxassislari ishtirok etdi. Muassasaga qarashli hududdagi salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhga kiritilgan 270 nafar bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar berildi. Salomatlik holati bo‘yicha yotib davolanishi lozim bo‘lgan 8 nafar bemorga tuman shifoxonasiga va 3 nafar bemorga viloyat shifoxonalariga bepul yo‘llanmalar berildi.

2 nafar uyda ko‘rishi lozim bo‘lgan bemorlarga mutaxassislar ko‘ruvi uylarda o‘tkazilib, kerakli yordamlar ko‘rsatildi. Ko‘ruv vaqtida tavsiya etilgan dorilar muassasa tomonidan aholiga bepul yetkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!