alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKA TUMANIDA TIBBIY KO‘RIK VA OPERATSIYA O‘TKAZILDI

16:54 29.02.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim muassasalaridagi amaliy-uslubiy yordamning navbatdagisi 12-Oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning 14 nafar malakali mutaxassislari ishtirok etdi. Muassasaga qarashli hududdagi salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhga kiritilgan 230 nafar bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar berildi.

Salomatlik holati bo‘yicha yotib davolanishi lozim bo‘lgan 11 nafar bemorga tuman shifoxonasiga va 6 nafar bemorga viloyat shifoxonalariga bepul yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, ushbu hududdan temir daftarga kiritilgan bemorda “12 barmoq ichak yarasi,  qon ketish, stenoz dekompensatsiya bosqichi” tashxisi aniqlanib, Asaka tuman shifoxonasida institut professori Y.Egamov tomonidan mahalliy shifokorlar bilan birgalikda “Bilrot I operatsiyasi” laparaskopik assistentlik asosida kichik kesim bilan o‘tkazildi.

Tadbir davomida 6 nafar uyda ko‘rishi lozim bo‘lgan bemorlarga mutaxassislari ko‘ruvi uylarda o‘tkazilib, kerak yordamlar ko‘rsatildi. Ko‘ruv vaqtida tavsiya etilgan dorilar muassasa tomonidan aholiga bepul yetkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!