Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Assalom Navroʻzim- sen rizqu roʻzim!

15:05 17.03.2022

Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan «Assalom Navroʻzim -sen rizqu roʻzim» tadbiri barchaga chinakam bahoriy kayfiyat ulashdi. Tadbirda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B. Abdullajonov ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar qadimiy va navqiron Navroʻz bayrami yurtimiz boʻylab keng nishonlanishi, oʻzbek milliy urf-odatlarining naqadar goʻzalligi, dillarda faqat yaxshilik barq urishini taʼkidlab oʻtdilar.

Markaz xodimlari tomonidan navbahorni tarannum etuvchi sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar kuylandi, milliy raqslar namoyish etildi. Ayniqsa, «Jaydari kelin» spektakli koʻngillarga xushnudlik ulashdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!