alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AXBOROT-RESURS MARKAZI YANGI TIZIMGA OBUNA BO‘LDI

15:25 27.07.2021

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlar uchun ham ilm olish, izlanishda kitob, xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalardan, ilmiy davriy nashrlardan muntazam foydalanishlari uchun imkoniyatlarni yaratib kelmoqda.

Jumladan, 1861-yildan buyon magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining 2 milliondan ziyod bibliografik tavsifiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik to‘liq matnli “Proquest Dissertations and Theses Global”xorijiy dissertatsiyalar bazasidir. Mazkur baza 4 mingdan ortiq universitetlardan 5 millionga yaqin ilmiy ishlarni o‘z ichiga olgan. 200 mingdan ortiq ishlar hamkor universitetlarning doimiy kengayib borayotgan global tarmog‘i tufayli har yili qo‘shiladi.

2021-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi 14 ta viloyat kutubxona markazlari “Web of Science Core Collection” xorijiy ma’lumotlar bazasiga bir yil muddatga obunasini tashkil etdi.

Bu tizimga obuna bo‘lish mamlakatimiz tadqiqotchilarining dunyodagi elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishi, ilmiy maqolalarini nufuzli xalqaro jurnallarda chop etishiga imkoniyat yaratadi.

Hurmatli o‘qituvchi va talabalar, ilmiy izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, Sizni ham ADTI axborot resurs markazi obuna bo‘lgan “Web of Science Core Collection” hamda “Proquest Dissertations and Theses Global”bazalaridan faol foydalanishga taklif etamiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!