Andijon Davlat tibbiyot instituti Axborot-Resurs Markazi
kecha va bugun
Axmedova Muxtaramxon Sanjarovna
Axborot resurs markazi boshlig’i
Elektron manzil: agmi-361@rambler.ru
Telefon:(0374)-237- 01-62
Andijon davlat tibbiyot instituti kutubxonasi 1955 yil institut negizida tashkil qilingan. Dastlab kutubxona eski, kutubxona uchun moslashmagan 4 ta kichik xonadan iborat edi. Kitob fondi esa Rossiya tibbiyot institutlaridan yordam sifatida jo‘natilgan 10-15 mingdan iborat adabiyotlar tashkil qilar edi.
Kutubxonaga 1955-1965 yillarda A.K. Kaunbaev, 1965-1969 yillarda L.N.Illek, 1969-1981 yillarda N.I.Eletskaya, 1981-1987 yillarda L.R.Maynakskaya rahbarlik qildilar, 1988 yildan buyon esa M.Ahmedova mudirlik qilib kelmoqda.
ARMda 22 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi.
- Kitob fondi: jami – 279411
Shundan:Ilmiy adabiyotlar – 62508 nusxa 24276 nomdaO‘quv darsliklar – 91244 nusxa 448 nomdaO‘quv qo‘llanmalar – 48949 nusxa 547 nomdaXorijiy adabiyotlar- 797 nusxa 114 nomdaBadiiy adabiyotlar – 31956 nusxa 5567 nomdaBoshqa adabiyotlar – 43957 nusxa 11777 nomdaElektron shakldagi adabiyotlar – 249349 nomda
- Kitobxon – 8541 ta
- Kitob qatnovi – ( 1oyda) 220 (9 oyda) 235.985
- Kitob berilishi – ( 1oyda) 385 (9 oyda) 507.468
ADTI kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli Qaroriga muvofiq Axborot-Resurs Markaziga aylantirildi.
Axborot-resurs Markazi 5 ta bo‘limdan iborat:
- Ilmiy uslubiy axborot ma’lumotlar va davriy nashrlar bo‘limi
- Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
- Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda)
- Elektron axborot resurslar bo‘limi
- Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi
ARM filiallari: Marxamat tumanida – 2 ta, Shaxrixon tumanida – 3 ta.
ADTI veb-saytiga ARMning “Elektron kutubxona” bo‘limi kiritilgan.
Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida “Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PK-1487-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yil 24 fevraldagi “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs markazi xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi 56-sonli buyrug‘i asosida ish tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron xukumat” to‘g‘risidagi Qonuniga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 11 yanvardagi ”Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-resurs Markazida axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Shu asosda institut kafedralari va ARM o‘rtasida masofaviy elektron axborot almashinuvi ish boshladi.
Axborot – Resurs Markazi yangiliklari:
Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar uchun ARMda THOMSON REUTERS WEB OF SCIENCE.COM va EBSCO sayti mavjud.
Joriy yilda 259 yo‘nalish bo‘yicha 13 gb va 1,25 gb yangi axborot resurslar olindi va elektron o‘quv zali bazasiga joylashtirildi.