alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AYOLLIK BAXTI – OQILALIKDA

19:45 07.10.2022

Prezidentimiz tomonidan yurtimizda 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni etib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlangan «Mamlakatimizda qishloq ayollari kuni»ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar» dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda bir qator tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu gal Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Respublika miqyosida yutuqlarga erishgan, Davlat mukofotlari sohibalari bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi  G.Xolmatova ishtirok etdi.

«Mehnat shuhrati» medali bilan taqdirlangan Usmanova Umidaxon, «Mehr sahovat» ko’krak nishoni sohibasi Iminova Muqaddasxon, Konstitutsiyamizning 25 yilligi munosabati bilan ko’krak nishoni bilan taqdirlangan Ibragimova Muhabbatxon hamda Nazirova Muhabbatxon bilan bo’lgan suhbat juda qiziqarli o’tdi. Unda talaba-qizlarga onaxonlarning hayot va mehnat yo’lidagi boy tajribalari, o’gitlari, xotin qizlar uchun yaratilyotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, qizlarga onaxonlar bekalik fazilatlari, farzand tarbiyasida nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi, baxtli hayot sirlari haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!