alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Barcha abiturientlar diqqatiga!

07:00 20.06.2021

20 iyun kuni 2021/2022-oʼquv yili uchun Аndijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga abiturientlarni onlayn roʼyxatga olish boshlandi.

Taʼlim yoʼnalishlarini esa 2021/2022-oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan soʼng tanlash mumkin boʼladi.

Аbiturientlarni roʼyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Roʼyxatga olish 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abiturientlar 20-iyulga qadar oʼz maʼlumotlarini oʼzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼladigan boʼlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʼladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!