alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAXTIMIZ QOMUSI

12:13 07.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning bayram munosabati bilan viloyatimiz ahliga yo’llagan tabrigi Zoom platformasi orqali yig’ilganlarga yetkazildi. Shundan so’ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institut rektori tabrigini o’qib eshittirdi.

 

Tadbirda so’z olganlar О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjat ekaniligi, uning qabul qilinishi esa huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bо‘lganligini alohida ta’kidladilar. Huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquq ustuvorligini ta’minlab borish muhim vazifalardan sanalishi, Bosh qomusimizning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy mas’uliyatni talab qilishini ta’kidladilar. Yа’ni, bu mas’uliyat konstitusiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashda namoyon bo’lishi haqida aytib o’tdilar.

Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan Bosh qomusimiz tarixi, unga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar hamda bob va bo’limlari haqida aytib o’tdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar orqali bayram ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Shuningdek, tadbir so’nggida Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan kitoblar taqdimoti ham tashkil etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!