Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatan himoyachilari!

image_pdfYuklab olish (pdf)

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Vatan himoyachilari – institutning professor-o‘qituvchilari va talaba yigitlari bayramona kutib olindilar.

Boshlang‘ich tashkilot tomonidan tayyorlangan va institutning faol talaba qizlari taqdim etgan esdalik sovg‘alari va Vatan himoyachilariga bag‘ishlagan “Tabriknoma”lar har bir yigitga o‘zgacha xursandchilik baxsh etdi va dillarga g‘urur-iftihor bag‘ishladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ADTI BT

77