alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYRAMINGIZ MUBORAK!

22:56 07.12.2022

Assalomu alaykum, institutimiz xodimlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar!

Sizlarni ulugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Oʻtgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay oʻzgargani, ayniqsa institutimizning har bir xodimi, ustozi, talabalari mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, obod va farovon hayot – yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqdamiz.

Har gal talabalar bilan suhbatda boʻlganimda ularning shijoati, gʻayrati, yangidan-yangi loyihalari meni quvontiradi. Ularni ragʻbatlantirish barobarida imkoniyatlar yaratishni bosh maqsadimizga aylantiraman. Boisi, ularning har bir intilishlari Oʻzbekistonimiz taraqqiyotiga oʻz xissasini qoʻshishi tabiiy.

Joriy 2022 yil davomida talabalarimiz orasida Oʻzbekiston Respublikasining nomdor stipendiyalari sohiblari, Xalqaro fan olimpiadalari, respublika hamda xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar gʻoliblari soni ortib bormoqda. Ularning barcha harakat va intilishlarini doimo qoʻllab-quvvatlaymiz. Mana yaqinda Akusherlik va ginekologiya mutaxassisligining 3-kurs magistranti Kamolaxon Rahimova “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining fan yoʻnalishi boʻyicha viloyat miqyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Umid qilamizki, magistrantimiz respublika bosqichida gʻolib boʻlib, yangi yilni hushxabar bilan boshlaydi. Davolash fakulteti talabasi Nasibillo Oʻrmonjonov Oʻzbekiston vrachlar assotsiatsiyasining stipendiyasi sohibi boʻldi. Qolaversa, Toshkent tibbiyot akademiyasida boʻlib oʻtgan “Tibbiyot mohirlari” amaliy koʻnikmalar boʻyicha II-xalqaro talabalar fan olimpiadasida 15 ta jamoa orasida talabalarimiz 2-oʻrinni egalladilar. Talabalarimizning barcha gʻalabalari ulardanda ziyod bizni quvontiradi.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilarimizning4 nafari fan doktori(DcS), 25 nafari esa fan nomzodligiga(PhD) himoyalarini muvofaqqiyatli amalga oshirdilar. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining 8 nafar xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangani bizga yana bir quvonch ulashdi.

Qadrli ustozlar va oʻgʻil-qizlarim, Bosh qomusimizning har bir moddasi xalq manfaati uchun xizmat qiladi. Unda barchamizning huquq va burchlarimiz aks etgan. Shu boisdan ushbu sanani katta tantana sifatida nishonlaymiz. Barchangizni yana bir bor, Oʻzbekiston Reaspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan qutlayman! Oilangizga tinchlik-hotirjamlik tilayman. Tinchligimiz abadiy boʻlsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!