alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIR ASRNING IKKI DAHOSI: ALISHER NAVOIY, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

20:41 10.02.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti tomonidan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag‘ishlab tadbir tashkil qilindi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova,  fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylarni ijro etdilar. Ularning hayotida bo‘lib o‘tgan turli voqealarni sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirdilar. Bu esa tadbir ishtirokchilariga adabiyot va tarix zarvaraqlarida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan bobokalonlarimizning hayoti va ijodini yod etishga chorladi.

Shuningdek, xorijiy tillarda ijro etilgan sheʼrlar ham qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Go‘zal kuy-qo‘shiq va raqslar esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!