alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Birinchi marta So‘xda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

13:43 12.06.2020

Bugun So‘x tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruq majmuasida ilk bor homilador ayolda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Buni Andijon tibbiyot institutining professori, akusher-ginekologiya kafedrasi mudiri Dilorom Asranqulova shu yerdagi shifokorlar bilan hamkorlikda bajardi.
Bemor Barnoxon Dadamaxmatovaga “homiladorlik 3, 2 ta chandiq va preeklampsiya og‘ir daraja” tashxisi qo‘yilgan edi. Ilgari kesar kesish jarrohlik amaliyoti faqatgina viloyat perinatal markazida o‘tkazilar edi. Shifokorlar maslahatlashgan holda mazkur operatsiyani shu yerda amalga oshirishga qaror qildi. Bola sog‘lom dunyoga keltirilib, onaning salomatligi yaxshi.

So‘x tumaniga aholiga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot intitutidan tajribali 15 nafar mutaxassislar yetib keldi. Ayni kunlarda ular mahallalarda bo‘lib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga raqamli rentgen apparati, UZI, EKG kabi zamonaviy jihozlar va dori-darmonlar keltirildi.
 

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat) , O‘zA

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!