alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIRINCHI MASOFAVIY ONLAYN XIMOYA

18:00 03.06.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida Andijon davlat tibbiyot institutining tarixida  birinchi marta Onlayn dissertatsiya himoyasi amalga oshirildi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning  ilm – fanni  rivojlantirish borasidagi sa’yi xarakatlari isboti o‘laroq, xurmatli rektorimiz M.M.Madazimov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar ochildi.

Buning isboti sifatida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri dotsent Oltinoy Abduganievna YAqubova bugun onlayn tarzda doktorlik dissertatsiyasini (DSc)  100% li ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash raisi Anvar Valievich Alimov  va boshqa ilmiy kengash a’zolari tomonidan ijobiy baxolandi. Ximoyadan so‘ng, O.A.YAqubova  qo‘llab quvvatlaganlari uchun institut rektoratiga, ilmiy bo‘lim jamoasiga, VMO va QTF dekani X.X.Tursunovga, barcha qo‘llab quvvatlagan professor o‘qituvchilarga ko‘zlarida sevinch yoshlari bilan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘ylaymizki birinchi qadam qutlug‘ bo‘ladi  va institutimizga omadlar olib keladi.

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekanat uslubchilari J.M.Xudayberdiev; G.R.Adilova

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!