alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BITIRUVCHILAR TAQSIMOTI” YIG‘ILISHI FARG‘ONALIK BITIRUVCHILAR ISHTIROKIDA O‘TKAZILDI

17:26 29.02.2024

Bugun, 29-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy o‘quv binosida 2023-2024-o‘quv yili bitiruvchilaridan doimiy yashash manzili Farg‘ona viloyati bo‘lgan talabalarni taqsimot (Ishga joylashtirish, bo‘lajak ish joylarini aniqlash bo‘yicha) “Bitiruvchilar taqsimoti” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Abduvaxobov, institutning Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi U.Dadajonov, bir guruh ish beruvchilar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Davlatimiz rahbarining joriy yilning 5-fevral kuni 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlashda oliygoh va ish beruvchilar hamkorligini yo‘lga qo‘yish  masalalarini ilgari surganligini ta’kidladi.

  • Bu kabi ish beruvchi va bitiruvchilar uchrashuvlari yoshlarni qiyinchiliklarsiz ish joyiga ega bo‘lishlariga hamda bo‘sh ish o‘rniga ega muassasalarning kadrlar bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi, – deya, aytib o‘tdi prorektor B.Abdullajonov.

Joriy o‘quv yilida institutni 610 nafar farg‘onalik bitiruvchilar tamomlaydi. Ularni ish bilan ta’minlash uchun viloyatda imkoniyatlar yetarli ekanligi mutaxassislar tomonidan aytib o‘tildi.  Mazkur tadbir davomida so‘z olgan mas’ullar talabalar va magistrantlarni ishga joylashtirish masalasida qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi. Shuningdek, hududlar kesimida bitiruvchilar tuman, shahar tibbiyot birlashmalariga biriktirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!