alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZ SENI SOGʻINDIK, MUHAMMAD YUSUF!

17:43 26.04.2022

Betakror shoir, Andijon farzandi Muhammad Yusufni barchamiz yaxshi koʻramiz, ijodini sevib yod olamiz. Bugun Stomatologiya fakulteti tomonidan “Biz seni sogʻindik, Muhammad Yusuf!” shiori ostida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, fakultet dekanlari oʻrinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, sheʼrlaridagi taʼsirchanlik, ohanglar jozibasi tufayli har bir satri kuy boʻlib yaralgani, chop etilgan kitoblari haqida maʼlumot berib oʻtdilar.

Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasining katta oʻqituvchisi M.Qoʻziboyeva tomonidan “Muhammad Yusuf ijodining yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida maʼruza olib borildi. Unda Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, samimiylik, hurmat-eʼtibor kabi fazilatlarning ulugʻlanishi haqida soʻz bordi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar kuylandi. Mushoiraxonlik tomoshabin yoshlar oʻrtasida ham davom etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!