alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Biz shifokor bo’lamiz

16:50 22.10.2019

Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

Andijon shahar hokimligi, shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Andijon shahridagi Sarvontepa mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 16-umumta’lim maktabining 9-, 10-sinf o’quvchilari hamda shu hududidagi uyushmagan yoshlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. 50 dan ziyod yoshlarga maktab psixologi Durdonaxon Alimova va sinf rahbari Feruzaxon Ahmedovalar rahbarlik qilishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

16-maktab jamoasi va uyushmagan yoshlarni institut rektori M.Madazimov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor P.X.Asxanov boshchiligida institut jamoasi samimiy kutib oldilar.

Institut rektori M.Madazimov maktab o’quvchilari va uyushmagan yoshlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Institut tarixi, o’quv jaryoni, talabalar erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirib o’tdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, institutning Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. Institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.

Tashrif yakunida kelajakda shifokorlik kasbini tanlashga ahd qilgan o’quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik  bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!