alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZNI MEHR BIRLASHTIRADI

23:10 26.05.2023

Ayollar shundayki, doimo go‘zallikka, nafosatga intilib, o‘zlari bejirim buyumlar yasab, betakror suratlar chizib qalblarga quvonch ulashadilar. Bugun biz tanishgan Mohinur esa oyoqlari bilan betakror rasmlarni chiza oladi. Izboskan tumanida joylashgan Chuama ayollar muruvvat uyida yashovchi barcha ayol-qizlar haqiqiy qobiliyat sohibalaridir.

Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi, Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari, tyutorlari, “Qizlarjon” klubi faollari hamda talabalar ana shu isteʼdod egalari bilan uchrashdilar. Manzilda muruvvat uyida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar tomonidan yasalgan buyumlar, tikilgan kashtalar-u, liboslar, yengil poyabzallar, to‘quvchilik namunalari bilan tanishdilar. Ushbu buyumlarning go‘zalligi-yu, qizlarning mahoratidan zavq oldilar. Hunarmand qizlar “-Sportda ham bellashuvdan qochmaymiz”-deya, shaxmat va shashkada dona surib, sportdagi mahoratlarini ko‘rsatdilar.

Qolaversa, institutning malakali shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, institutning faol talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan “Bizni mehr birlashtiradi” shiori ostidagi madaniy dastur namoyish etildi. Tadbir avvalida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova so‘z olib, muruvvat uyida yashovchi ayol-qizlarning isteʼdodlari, aql-zakovatini alohida eʼtirof etdi. Ularning bundanda go‘zal sanʼat asarlarini yaratishlari va ijod yo‘lida eng yuqori marralarni zabt etishlarini tiladi.

Dastur davomida yangragan sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchani davraga chorladi. Unda muruvvat uyida yashovchi ayol-qizlar ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Konsert dasturi barchaga zavq ulashib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Demakki, tadbirdan ko‘zlangan: muruvvat uyida istiqomat qilayotgan ayollarni xursand qilish, sog‘liqlari uchun foydali maslahatlar berish va ularni isteʼdodlarini qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarga erishildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!