Bolajonlar quvonchi cheksiz

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yangi yil bayrami bolajonlarning eng sevimli tantanasi. Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan har bir tadbirga bolajonlar alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Shuning uchun ham har bir tadbir quvonchli va hayajonli o‘tadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati jamoaning professor-o‘qituvchilari va xodimlari farzandlari uchun Yangi yil bayramiga viloyat qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda ajoyib sovg‘a tayyorladi.

Bolajonlar uchun Andijon shahar Barkamol avlod ijodiyot markazi sahnasida Yangi yil tomoshasi tashkil etildi. Sirk tomoshalari, Qorbobo, Qorqiz, Yalmog‘iz kampir, Buratino, polvon Panda, Qarg‘avoy kabi ertak qahramonlari ishtirok etgan Yangi yil kechasi bolajonlarga cheksiz quvonch baxsh etdi.

Tomosha davomida qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. G‘oliblar Qorboboning sovg‘alariga ega bo‘lishdi. Bolajonlarning quvonchidan ota-onalar ham mamnun bo‘lishdi.

Bayram ishtirokchilari  Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari bilan birga esdalik uchun suratlarga tushdilar. Ommaviy ravishda qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Bayram tomoshasining barcha ishtirokchilari bir-birlariga ezgu talaklar bildirdilar – Yangi yil yangi yutuqlarga boy bo‘lsin, Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

ADTI axborot xizmati

6 780