alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOLALAR JARROHLIGI KAFEDRASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARI O’TKAZILDI

13:13 18.12.2021

BOLALAR JARROHLIGI KAFEDRASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARI O’TKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot institutining Bolalar jarrohligi kafedrasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fakultetining Bolalar xirrurgiyasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor Mahmud Aliyev “O’pka tug’ma rivojlanish anomaliyalari” va “O’t yo’llari atreziyalari” mavzularida ma’ruzalar, “Portal gipertenziya va biliar atreziyalarda tekshirish va davolashning zamonaviy yondashuvlari” bo’yicha мahorat darslari va jarrohlik amaliyotlari o’tkazdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Bolalar jarrohligi kafedrasi hodimlari, Pediatriya fakultetining 5-6-kurs talabalari va Viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi jarroh shifokorlari ishtirok etdi.

Seminar-trening qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!