alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOLALAR JARROHLIGI YOʻNALISHI BOʻYICHA HAMKORLIK

17:18 05.10.2022

Dars jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ular bilan hamkorlikda talabalarga mahorat darslarini olib borish taʼlim sifati va samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, albatta. Bu gal Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasiga Belorus Respublikasi Grodno davlat tibbiyot universitetining Bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti t.f.n., A.V.Glutkin hamda 1-ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti N.V.Glutkina tashrif buyurdi.

Dastavval mehmonlar institutimiz Bolalar jarrohligi kafedrasining bazasi hisoblangan viloyat Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida boʻldilar. Ular markazda bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Dars avvalida mehmonlar sharafiga Belorus davlat madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng mutaxassislar Davolash fakultetining 5-kurs talabalari, kafedrada taxsil olayotgan klinik ordinatura va magistratura talabalariga “Qizil oʻngach tugʻma nuqsonlari, pilorostenoz kasalliklarni zamonaviy diagnostikasi va davolash” mavzusida maʼruza oʻqidilar. Shuningdek, A.V.Glutkin tomonidan shifoxona shifokorlari va kafedra xodimlariga plastik jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni operatsiyadan keyingi parvarishi boʻyicha mahorat darsi ham olib borildi.

Kunning ikkinchi yarmida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida har ikki oliy taʼlim muassasasining ilmiy, oʻquv metodik faoliyatidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, bolalar jarrohligi boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda mutaxassislar almashinuvini yanada kengaytirish boʻyicha kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!