alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BOLALAR YOSHIDA KARIES VA PARADONT KASALLIKLARI INNOVATSION PROFILAKTIKA USULLARI” MAVZUSIDA ONLAYN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILDI

20:04 19.04.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Bolalar  stomatologiyasi” kafedrasi tomonidan “Bolalar yoshida karies va paradont kasalliklari  innovatsion profilaktika usullari” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokidagi  ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda 120 dan ziyod professor-oʻqituvchilar, shifokorlar,  yosh izlanuvchilar,  magistrlar hamda klinik ordinatorlar ishtirok etdi.

Konferensiyada Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonnig yetakchi tibbiyot oliygohlarining yirik olimlari oʻz ilmiy va amaliy  izlanishlari bilan onlayn tarzda qatnashdi.

Dastavval institut rektori M.Madazimov hozirda  bolalar stomatologiyasi va stomatologiya yoʻnalishidagi muammolar va shu kungacha erishilgan yutuqlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Konferensiya davomida Moskva davlat stomatologiya tibbiyot universiteti, bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri t.f.n., proffessor L.Kiselnikova va Boshqirdiston davlat tibbiyot instituti stomatologiyasi kafedrasi mudiri t.f.n., professor S.Chuykin ham mavzu borasida bugungi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Konferensiyaning plenar yigʻilishida 12 ta maʼruzalar tinglandi. Anjuman ishtirokchilari  stomatologik kasalliklarning oldini olishda   olib borayotgan ilmiy izlanishlarini taqdimotlar bilan namoyish etdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!