Bo‘lg‘usi shifokorlarning Andijon davlat tibbiyot institutiga sayohati

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor bois, yoshlarimizda ilm-hunar o‘rganishga, oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

Toshkent davlat agrar instituti Andijon filiali qoshidagi akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 104-guruh o‘quvchilari kimyo fani o‘qituvchisi Muslimbek Rasulov rahbarligida joriy yil 17 oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

O‘quvchilarni institut rektori Madaminjon Madazimov va bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. Istitut rektori o‘quvchilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va institut faxri bo‘lgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng litsey o‘quvchilar institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, institutning Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar. Bo‘lg‘usi shifokorlar Andijon davlat tibbiyot institutiga qilgan sayohati yakunida  institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

271