alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BU BUYUK VATANDA INSON ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS

16:40 02.05.2023

Xotira – insonlarning o‘tgan umrini, unda hamrohlik qilgan, ilm bergan insonlarni yod olishga, o‘sha payt kechinmalarini yana bir bor his etishga imkon beradi.

Bugun, 2-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida professor Fozil Nishonovich Nishonov xotirasiga bag‘ishlangan “Bu buyuk vatanda inson ulug‘, xotira muqaddas” mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, ustozni xotirladi.  Professor F.Nishonovning yoshlarga aytgan o‘gitlari, qoldirgan boy ilmiy merosi haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan ustozlar, professorning shogirdlari, farzandi ustoz bilan bog‘liq yorqin, o‘chmas xotiralari bilan bo‘lishdilar. Hayotda, ta’lim hamda tibbiyot sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nasihatlarini yosh avlodga ham yetkazdilar.

Professor Fozil Nishonovning hayot yo‘li, qoldirgan boy ma’naviy merosi aks etgan videorolik orqali xotira yorqin tasvirlarda namoyon bo‘ldi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalarimiz tomonidan ustozlarni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Yakunda ustozning oila a’zolariga tadbirda ishtirok uchun minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!