alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BULOQBOSHI TUMANINING KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL QILINDI

22:42 15.06.2023

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, aholi salomatlik ko‘rsatkichini yaxshilash, hamda ko‘p uchrayotgan kasalliklar darajasini kamaytirish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot institutining mutaxassislari tomonidan Buloqboshi  tumanining ko‘p tarmoqli poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan 3-4-guruhga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 430 nafar bemorlarning salomatligi oʻrganildi. Turli kasalliklardan shikoyatlarini aytgan bemorlarning holati tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib,  ularga ambulator sharoitda va viloyat davolash muassasalarida davolanishga yoʻllanmalar berildi.

Shuningdek, bemorlar  UTT, EKG, Rentgen va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilib, ularga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy ko‘rikda qatnasha olmagan bemorlar uchun mutaxassislar  xonadonlarga borgan holda tekshiruvlarni o‘tkazdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!