alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“CHEGARASIZ TIBBIYOT”, “ANATOMIYA VA GISTOLOGIYA” HAMDA “NORMAL VA TOPOGRAFIK ANATOMIYA” FANLARIDAN BOʻLGAN XALQARO OLIMPIADADA FAXRLI OʻRINLAR BIZNING TALABALARGA NASIB ETDI

19:44 22.05.2022

2022-yil 16-22-may kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Beshkek shahrida “Chegarasiz tibbiyot”, “Anatomiya va gistologiya”  hamda “Normal va topografik anatomiya” boʻyicha xalqaro olimpiada oʻtkazildi. Unda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston davlatlari vakillari orasida Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qaharov rahbarligida Davolash va Xalqaro fakultet talabalari ham ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadalarda 13 ta jamoa qatnashgan boʻlsa, bizning talabalar fanlar boʻyicha oʻz iqtidorlarini mohirona namoyish etdilar. Hakamlar hayʼati hech ikkilanmay har bir tanlov uchun 1-, 2-, 3-oʻrinlarni bizning talabalarga naqd qilib berdilar.

Oliy oʻrinlar muborak, aziz yoshlar! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!