alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

D I Q Q A T! TANLOV!

16:05 10.04.2023

Hurmatli talabalar, institutimizda “Heshteg” tanloviga START bermoqdamiz! Ushbu tanlov Telegram, Instagram hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanuvchi talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda institutimizda tahsil oluvchi barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari juda ham oddiy. Buning uchun siz tabiatni asrash, uni chiqindilardan xalos etish va buning natijasida obod bo‘lgan manzillarni foto hamda video shaklida Telegram (shaxsiy kanalingiz bo‘lsa), Instagram hamda Facebookdagi shaxsiy sahifangizga quyidagi heshteglar bilan post joylashingiz kerak bo‘ladi:

#musaffo_havo_uchun, #kelajak_uchun

Shundan so‘ng, joylangan postingiz havolasini (link) adtitanlovbot ga ism, familiya, fakultetingiz hamda kursingizni yozib yuborishingiz bilan tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.

Siz joylashingiz mumkin bo‘lgan postlar soni cheklanmagan. Ularni baholashda hakamlar hayʼati tomonidan postlar soni, sifati, mavzuni to‘liq ifodalaganligi alohida eʼtiborga olinadi.

Tanlov joriy yilning 28-aprel kuni soat 17:00 da yakunlanadi va baholash uchun hakamlar hayʼatiga taqdim etiladi.

G‘oliblar diplom hamda quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin: 800 000 so’m

2-o‘rin: 600 000 so’m

3-o‘rin: 400 000 so’m

 

Tabiatni asrashda siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!