alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVOLASH VA PEDIATRIYA FAKULTETLARI TALABALARI OʻRTASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

14:05 05.12.2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Bu galgi tadbir Davolash, Pediatriya fakultetlarida taxsil olayotgan 2-bosqich talabalari bilan o’tkazildi.

Tadbirda dastavval professor-oʻqituvchilar va talabalarning davomatlari oʻrganilib, dars jarayonlaridagi ishtiroklari boʻyicha maʼlumotlar olindi.

Suhbat davomida talabalarga muassasada kiyinish odobiga rioya qilish, boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish, institutda tashkil etilgan toʻgaraklarda ishtirok etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, darslar davomida korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!