alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DERAZANGNI OCH” KITOB TAQDIMOTI

10:35 12.04.2021

She’riyat ixlosmandlari uchun yangilik! Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Mirzohid Botirovning yangi “Derazangni och” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hosiyat Rustamning “Tunning boshi qorong‘u” hamda Shuhrat Orifning “Men asli odammas, yor edim” nomli kitoblarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot avvalida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul xodimi moderator Muhiddin Omonov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Guljamol Asqarova “Shoir – davrning uyg‘oq odami” mavzularidagi kirish ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. So‘ngra kitob mualliflari o‘z kitoblarining yaratilish tarixi, nashrgacha bo‘lgan jarayonlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Taqdimot so‘nggida esa she’riyat ixlosmandlarining savollariga shoirlar tomonidan atroflicha javob berildi. Ayniqsa, she’riyatxonlik kechasiga aylangan tadbir barchaning ko‘ngil derazalarini ochib yubordi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!