alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, E’LON!

10:46 28.03.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining sportsevar yoshlari, sizlar uchun muhim xabarimiz bor!
Bugun, 28-mart kuni institutda “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalariga start beriladi. Mazkur musobaqalar:

Mini futbol
Stol tennisi
Shaxmat-shashka
Basketbol
Valeybol
Yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqalarda ishtirok etish istagidagi talabalar fakultet dekanlarining Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

Musobaqaga bugun, soat 15:30 da Talabalar turar joyidagi sport zalida start beriladi. Dastlabki bellashuv mini futbol bo‘yicha o‘tkaziladi.

Shoshiling, bu aynan sizning imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!