alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, MAHORAT DARSI!

13:46 17.04.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining Urologiya va Endourologiya sohasiga qiziquvchi talabalari diqqatiga!

Qadrli talabalar, sizlar uchun Rossiya, Germaniya va Turkiya davlatlarida malaka oshirgan, tajribali endourolog Jamshidbek Xalilov va uning urologlar jamoasi “MK” med klinikasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida mahorat darslari tashkil qilinmoqda. Mazkur darslar fakultetlar kesimida o‘tkaziladi.

Unda qatnashish istagidagi talabalar quyidagi kunlarda darslarda ishtirok etishlari mumkin:

18-aprel kuni – Davolash fakulteti 4-bosqich talabalari uchun;

19-aprel kuni – Pediatriya fakulteti 4-bosqich talabalari uchun;

22-aprel kuni – Davolash fakulteti 5-bosqich talabalari uchun;

23-aprel kuni – Pediatriya fakulteti 5-bosqich talabalari uchun;

24-aprel kuni – Davolash fakulteti 6-bosqich talabalari uchun;

25-aprel kuni – Pediatriya fakulteti 6-bosqich talabalari uchun;

Mahorat darslari Andijon davlat tibbiyot institutining 1-ma’ruzalar zalida o‘tkaziladi.

Manzil: Andijon shahri, Y.Otabekov ko‘chasi 1-uy.

Ma’ruzalar boshlanish vaqti soat: 15:00da.

Ma’lumot uchun telefon raqami: 88 832-44-77.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!