alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT! “QVZ” JAMOALARI QUVNOQLAR VA ZUKKOLARNI KUTMOQDA!

17:39 11.05.2023

Qadrli talaba-yoshlar!

Siz kutgan Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanloviga start berilmoqda.

Tanlovning institut bosqichi joriy yilning 23-may kuni Talabalar turar joyida fakultetlarning “QVZ” jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Unga qadar esa, fakultet jamoalari safidan joy egallash istagidagi talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda fakultet yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati joriy yilning 13-may kuni soat 23:00 da yakunlanadi.

Demak, vaqt juda oz fursatni qo‘ldan boy bermang. Jamoaga zarur bo‘lgan a’zo aynan siz bo‘lishingiz mumkin.

 

Qo‘shimcha va batafsil ma’lumotlar uchun mas’ul koordinatorlar bilan bog‘lanishingiz mumkin:

90 548-98-37 Fayzullo Xojimatov

93 060-66-63 Muhammadyusuf  Yusupov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!