alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, TANLOV!

22:21 13.05.2023

Andijon davlat tibbiyot  institutining san’atsevar talaba-yoshlari, ushbu e’lonimiz aynan sizlar uchun.

Institutda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov ikki: fakultetlar va institut bosqichlarida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning finalida ishtirok etishlari mumkin.

Qatnashchilarning ishtiroki, ularning ijro etgan kuylari hakamlar hay’ati tomonidan 10 ballik tizimda baholanadi.

Yakunda tanlov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga I, II, III darajali diplomlar hamda eng yaxshi ijrochiga Gran-pri  topshiriladi.

Ushbu tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!