alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!

13:34 14.11.2021

Talaba boʻlish baxt! Yil talabasi boʻlish esa katta baxt!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil talabasi – 2021” koʻrik-tanlovida faol ishtirok eting.

Tanlov jamiyat va davlatimizga yetuk, yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatlilar safini oshirish, oliy oʻquv yurtlaridagi iqtidor egalarini aniqlash, ularning oʻz salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish, jamoatchilikda faollik va fidoiylik hissini tuyushlari, talabalar nufuzini oshirish va ragʻbatlantirish maqsadlarini oʻz ichiga oladi.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

Talabgorlar quyidagi nominatsiyalar asosida gʻoliblikni qoʻlga kiriitishlari mumkin.

“Yilning eng faol bilimdon talabasi”

“Yilning eng faol targʻibotchi talabasi”

“Yilning eng faol ixtirochi-inovator talabasi”

“Yilning eng faol sportchi talabasi”

“Yilning eng faol bloger talabasi”

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”

Talabgorlar oʻz fakultet dekanati yoki institutimizning yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Aziz, talabalar! Tanlovda ishtirok eting va imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!