alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOVLAR!

14:37 26.12.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng maroqli ta’til haftaligini e’lon qilamiz. Ushbu haftalik doirasida 3 ta onlayn tanlovlar o‘tkaziladi.

Tanlovlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Men ta’tilni qanday o‘tkazaman? mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi (1-ilova);
  • Men yoqtirgan faslmavzusida “Eng yaxshi rasmlar”  tanlovi (2-ilova);
  • “Muhammad Yusufni eslab!” mavzusida “Eng yaxshi she’rxonlik” tanlovi (3-ilova);

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Gʻoliblarga institut rektorining diplomi va pul mukofotlari topshiriladi.

Tanlovga yuborilayotgan materiallar #eng maroqli ta’til haftaligi heyshtegi ostida joriy yilning 25-dekabridan, 2024-yil 7-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlaringizni ushbu Telegram botga yuborishingiz mumkin: @adtitanlovbot

 Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!

Tanlov nizomi havoalada: Onlayn tanlovlar qishki ta’til_2023_2024

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!