alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOGʻISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIGA TASHRIF DAVOM ETMOQDA

21:05 26.09.2022

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hozirda Dogʻiston davlat tibbiyot universitetida har ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Safarning uchinchi kuni Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti rahbarlari bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda universitet rektori Xanaliyev Visampasha Yusupovich, Oʻquv ishlari prorektori Ragimov Razin Mirzekerimovich, Strategik rivojlanish va raqamli transformatsiya boʻyicha prorektor Omarova Djamila Avadziyevna, Stomatologiya fakulteti dekani Abakarov Tagir Abakarovich, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi Xadjaliyeva Sajida Djambulatovna hamda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madazimov Madamin Moʻminovich, Jarrohlik va urologiya kafedrasi dotsenti, Simulyatsion oʻquv markazi masʼuli Usmonov Umid Donaqoʻziyevich ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida har ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hozirda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi strategik hamkorlik ishlari muhokama qilindi. Jumladan oʻquv, ilmiy-tadqiqot, mavjud qoʻshma taʼlim dasturi, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish kabi masalalar boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shundan soʻng, qoʻshma taʼlim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan ham suhbat boʻlib oʻtdi. Unda har ikkala OTM rahbarlari talabalarning kelajakdagi rejalari borasida oʻrtoqlashdilar.

 

Soʻng institut delegatsiyasi M.M.Maksudov nomidagi Dogʻiston Respublikasi stomatologiya poliklinikasida boʻldilar va poliklinika faoliyati hamda kafedra, kafedrada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, universitet qoshidagi Multiprofilli akkreditatsion-simulsion markazga tashrif tashkil etildi va mazkur markaz rahbari Koychuyev Rasul Abakarovich imkoniyalar bilan batafsil tanishtirdi. Shundan soʻng universitet qoshidagi tibbiyot kolleji faoliyati bilan tanishilib, u yerda taxsil olayotgan oʻquvchilar bilan  amaliy mashgʻulotlar olib borilishida bevosita ishtirok etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!