alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOIMO EʼZOZDASIZ AZIZ USTOZLAR!

20:27 01.10.2022

Bugun, Andijon shahridagi «Xalqlar do‘stligi» sport majmuasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Unda  viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, o‘z mehnatlari bilan yosh avlodni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan faxriy unvon, orden va medallarga sazovor bo‘lgan bir guruh ustoz va murabbiylarga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov  mukofotlarni tantanali topshirdi.

Ushbu bayram tadbirida Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etmoqdalar. Ular orasidan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Oysuluv O‘roqova ham viloyat hokimining faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, Yoshlar simfonik orkestri  o‘ziga xos badiiy chiqishlar, viloyat bolalar musiqa va sanʼat maktablari o‘quvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘zlari tayyorlagan badiiy kuy-raqslarini ustoz va murabbiylarga namoyish etdilar.

Tadbirda respublika hamda viloyatimizning xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiqlarga ustozlar zavq bilan raqsga tushmoqdalar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!