alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O’TDI

19:38 19.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy Kengashlar zalida  19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 01-10/6655-sonli xatiga  muvofiq xorijiy tillardan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni taqdim etgan talabgorlar uchun Doktorantura va Tayanch doktoranturaga Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.

 

Imtihon jarayonlarida institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi rahbari S.Asqarov ishtirok etdi. Xolislar ishtirokida maxsus imtihon konvertlari ochilgandan so’ng, talabgorlar savollarga javob berishni boshladilar va bu jarayon online translyatsiya qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!