alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EL SOG‘LIGI-YURT BOYLIGI

12:37 17.09.2019

Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutaxassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha 2019-yil 14-sentabr kuni  Andijon viloyatining Shahrixon tumani Abdubiy QFYda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan  tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 12 ta mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 932 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi, 21 nafar yotib davolanishi lozim bo‘lgan bemorlar viloyat DPMlariga yuborildi.

Shuningdek, 122 ta UTT, 84 ta EKG va 95ta klinik laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, ularga mutaxassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida QVPning 8 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy xizmat ko‘rsatilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!