alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

E’LON

11:06 05.08.2022

2022/2023 o‘quv yili uchun klinik ordinatura(rezidentura)ga

hujjat  topshiruvchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil
18-iyuldagi 200-sonli buyrug‘i asosan Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2022/2023-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda institutning rasmiy veb-saytining   www.ko.adti.uz platformasi orqali  amalga oshiriladi.

Quyidagi  hujjatlar PDF shaklida topshiraladi:

  1. Institut rektori nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza.
  2. Pasport doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan beti bilan
  3. Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va uning baxolar ilovasi
  4. 86X shakli
  5. Mehnat daftarchasi xar bir beti

 

Chet el va Mustaqil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarini o‘qib bitirgan shifokorlar  oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplomga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan  nostrifikatsiya  qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ham topshirilishi so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi  Hukumati va Rossiya  Federatsiyasi  Hukumati o‘rtasidagi ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq   2019-yil 30-may sanasidan sung  tugatgan  bitiruvchilar va dunyoning top 1000 taligiga kiruvchi  oliy ta’lim muassasasalari bundan mustasno.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!