alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENDOKRIN ANDROLOGIYA VA GINEKOLOGIYANI AKTUAL SAVOLLARI”, “ZAMONAVOY ENDOKRINOLOGIYA VA DIABETOLOGIYANING YUTUQLARI” MAVZULARIDA XALQARO ILMIY AMALIY KONFERENSIYA BO`LIB O`TDI

09:34 06.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi,  Boshqirdiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiseti, Akademik  Y.X.To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy Endokrinologiya  markazi, Sankt-Peterburgdagi Mechnikov nomli shimoliy janubiy davlat tibbiyot universiteti, O`zbekiston diabetologlar va endokrinologlar assotsiatsiyasi, Neyroimmunoendokrinologiyani o`rganish asstosiatsiyasi hamkorligida  “Endokrin andrologiya va ginekologiyani aktual savollari”, “Zamonavoy endokrinologiya va diabetologiyaning yutuqlari”  mavzularida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.

 

Online tarzda 2 kun mobaynida o`tkazilgan konferensiyada yuqoridagi oliy o`quv yurtlari  professor-o`qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq mavzuga doir ma’ruzalar o`qildi. Ma’ruza davomida  Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova so’z olib, «Surunkali yurak yetishmovchiligi assotsiatsiyalangan qandli diabet 2 tipida gormonal va genetik markyorlar» mavzusida tinglovchilarga  ma’lumot berdi. Shuningdek, konferensiyada Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasining barcha hodimlari, magistr va ordinatorlar  va  50 dan ziyod soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!