alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BOʻYICHA YANA BIR HAMKORLIK

17:34 16.06.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiyot muassasalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlashda davom etmoqda. Yo.Toʻraqulov nomidagi Resublika Endokrinologiya ilmiy tekshirish instituti direktori F.Toʻrayev va Respublika bosh bolalar endokrinologi N.Alimova institutimizda boʻldi. Uchrashuvni institut rektori M.Madazimov olib bordi va suhbat davomida har bir tibbiyot markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba va kadrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish kabi mavzularda soʻz bordi. Shundan soʻng institutlar oʻrtasida memorandum imzolandi.

 

Shuningdek, uchrashuvdan soʻng yetakchi endokrinologlar tomonidan institutimiz mutaxassislari, magistrlar, ordinatorlar va talabalari uchun “Yod tanqisligi kasalliklari”, “Qandli diabed va prediabed kasalligi” boʻyicha maʼruzalar taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!