alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ERON AZAD ISLOM UNIVERSITETI MUTAXASSISLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARIMIZ YANADA MUSTAHKAMLANDI

12:53 31.01.2022

Eron savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlardan biri. Mintaqaviy standartlarga muvofiq va boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan taqqoslaganda o‘sish sur’atlari bo‘yicha yuqori ma’lumotli aholi hisoblanadi. 2013-yilda kattalar savodxonligi darajasi 84.6% ni tashkil etdi. Ko‘rsatkich dunyo bo‘ylab 85% va atrofdagi arab davlatlarida 78% edi.

Mazkur davlatda tibbiyot sohasi ham shiddat bilan rivojlanganini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, bugungi zamon talabi sifatida xorijiy tajribani davlatimiz hududiga mos ravishda joriylashtirishga harakat olib borilmoqda.

Kuni kecha Eron Azad Islom universiteti professorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv bunga misol bo‘la oladi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ta’lim va tibbiyot sohalarida ijobiy natijalar bermoqda.

Eronlik mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov bilan suhbatlashar ekan, talabalarga tibbiy ta’lim berish, ularga yaratilgan imkoniyatlar borasida alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Endi Eron Azad Islom universiteti bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. Boisi ikki oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari birgalikda tajriba almashinuvlari, onlayn darslar o‘tkazish barobarida hamkorlikda ilmiy ishlar, ilmiy mahsulotlar yaratadigan bo‘lishdi. Tibbiy adabiyotlarga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda mazkur mutaxassislar tomonidan darsliklar yaratiladi va bu adabiyotlar talabalarning yetuk kadr bo‘lishlariga xizmat qiladi albatta!

Shuningdek, eronlik ginegolog Sima Nazarpour Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun onlayn darslar olib borishi bilan birga, konferensiyalarda, ilmiy anjumanlarda va bir qator tadbirlarda ham ishtirok etish istagini bildirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!