alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

E’TIROF MUBORAK, GULHAYOXON AZIMJONOVNA!

19:42 13.03.2024

Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oliy taʼlim muassasalarida 200 ga yaqin Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda mazkur maslahat kengashlarida 1450 nafar aʼzo faoliyat olib bormoqda.

Kuni kecha, oliy taʼlim muassasalarida namunali faoliyat ko’rsatayotgan bir guruh Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari parlament yuqori palatasiga taklif etildi. Ular bilan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M.Kadirxanova va senator G.Marufova muloqot o’tkazdi va qatnashchilar Senat faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda 2024-yilda gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi, jumladan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish, xotin-qizlarning ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish, ularni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish haqida so’z yuritildi.

Respublikamizda xotin-qizlar masalalari yo‘nalishida olib borayotgan namunali faoliyati, xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha tizimli ishlarni yo’lga qo’yishdagi faolligi uchun Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi boshlig‘i Xolmatova Gulhayo Azimjonovna O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining FAXRIY YORLIG’I bilan mukofotlandi.

Institutimiz Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Gulhayoxon Xolmatovani ushbu e’tirof bilan samimiy qutlagan holda kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyat, oilaviy tinchlik-hotirjamlik tilab qolamiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!