alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARMAKOLOGIYA, KLINIK FARMAKOLOGIYA VA TIBBIYOT BIOTEXNOLOGIYALARI KAFEDRASIDA OʻQUV JARAYONIGA TADBIQ ETISHGA BAGʻISHLANGAN ONLAYN ANJUMAN OʻTKAZILDI

13:46 18.12.2021

Andijon davlat tibbbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida rossiyalik taniqli olim, RMANPO profilaktik tibbiyot va sogʻliqni saqlashni tashkil etish fakulteti dekani, Tatariston Respublikasi SSV shtatdan tashqari bosh klinik farmakologi, Qozon davlat tibbiyot universiteti Farmakologiya va farmakoterapiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor M.L. Maksimov tomonidan maʼruza va mahorat darsi oʻtkazildi.

Oʻquv jarayoniga zamonaviy, ilgʻor xalqaro tajribalarni tadbiq etish, professor-oʻqituvchilar tarkibi hamda talabalar bilimini klinik farmakologiya va farmakoterapiya sohasidagi eng soʻnggi maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur tadbirni 1-UASH kafedrasi mudiri, professor Z. Salohiddinov olib bordi.

Zoom-seminar anjumanida bevosita toʻplangan 58 ta ishtirokchi hamda Zoomdagi 62 ta tinglovchilar uchun professor M.Maksimov tomonidan  “Arterial gipertenziyada antigipertenziv dori vositalarini ratsional qoʻllanilishga klinik farmakologik yondoshuv” mavzusidagi maʼruzasi va mahorat darsi namoyish etildi.

Tadbir davomida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, t.f.d. X.Tursunov hamkor mutaxassis bilan jonli muloqotda boʻldi.

Anjumanda shuningdek, Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi oʻquv ishlari maʼsuli, katta oʻqituvchi O.Eshonxoʻjayev “Pediatriyada  kombinatsion antibakterial terapiya muammolari” mavzusida maʼruza qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!