alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARMATSIYA FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

20:24 15.03.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti  1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvni fakultet dekani Sh.Bozorov kirish so‘zi bilan ochib, Farmatsiya fakulteti faoliyati va hozirgi kunda erishib kelayotgan yutuqlari haqida ota-onalarga ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, odob-axloqi, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar muhokama qilindi. Fanlarni yaxshi o‘zlashtirayotgan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etayotgan talabalar fakultet dekani tomonidan e’tirof etilib, ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

O‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalarning ota-onalari bilan 1-bosqich tyutori tomonidan  yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Unda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish va ularni faolikka chaqirish yuzasidan ota-onalar bilan birgalikda harakat qilishga kelishib, zarur rejalar tuzildi.

 

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!