alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FUQАRO VА MEHNАT MUHOFАZАSI BOʼLIMI

Fuqaro va mehnat muhofazasi boʼlimida 4 nafar xodim faoliyat olib boradi. Boʼlim faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:

– Bino va inshootlarni, kommunikatsiya qurilmalarini, texnologik yordamchi asbob-uskunalarni, tibbiy apparatlarni, moslamalar avtomatik oʼlchov asboblar ekspluatatsiyasini va institutda bevosita sogʼlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʼyicha tashkiliy texnikaviy ishlarni oʼz vaqtida amalga oshirish;
– Institut binolarini taʼmirlashda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini nazorat qilish;
– Institutda oʼta zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarni ish sharoitlarini oʼrganish, davlat boshqaruvi idoralari belgilagan meʼyorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat maxsulotlari bilan bepul taʼminlanishini tashkil qilish;
– Baxtsiz xodisalarni oldini olish uchun zarur tadbirlar ishlab chiqish;
– Ish jarayonida baxtsiz xodisalar yuz bergan holatda tekshiruvda qatnashish va jaroxatlanishni oldini olish;
– Institutda xodimlarni mehnatni muxofaza qilish boʼyicha belgilangan tartibda oʼqitish, yoʼl-yoʼriqlar berish va bilimlarini tekshirish, texnik xodimlarni attestatsiyadan oʼtkazish;
– Institut Kasaba uyushma qoʼmitasi bilan birgalikda mehnat muxofazasi boʼyicha qonun va boshqa meʼyoriy xujjatlar asosida jamoat nazoratini tashkil etish.
– Institut talabalarini amaliyot ishlariga jalb qilinganda ularni yoʼriqnomalar bilan tanishtirish, maxsus jurnalga qayd etish;
– Institut talabalar turar joylari binolarida yashayotgan talabalarni yashash sharoitlarini oʼrganib chiqish, ularga mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi, yongʼin xavfsizligi talablari asosida xavfsiz sharoitlar yaratishni tashkil etish;

– Institut fuqaro mudofaasi favqulodda vaziyatlar xarbiylashmagan tuzilmalarni tuzishni nazorat qilish;
– Institut fuqaro mudofaasi favqulodda vaziyatlarga taalluqli anjomlar, gaz niqoblari va boshqa jixozlarni doimo nazorat qilish va saqlash;
Favqulodda vaziyatlarda binoni tark etish rejalarini belgilangan joylarda boʼlishini nazorat qilish;
Аloqa va xabar berish vositalarini ishlashini nazorat qilish;
Institut fuqaro mudofaasi favqulodda vaziyatlar burchagi va oʼquv sinfini tashkil qilish;
Oʼt oʼchirish va yongʼinga qarshi ishlatiladigan vositalar xamda anjomlar bilan taʼminlanishi va ular soz xolda saqlanishini doimiy kuzatib borish;
Oʼt oʼchirish anjomlarining oʼz vaqtida profilaktik taʼmirlanishini va yaroqsizlarini yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish;
Binolar tom qurilmalari va boshqa tez alanga oluvchi materiallarni yongʼinni hususiyatini pasaytiruvchi “PTL-SDN” rusumli kimyoviy birikma suyuqligi bilan ishlov berilishini nazorat qilish;
– Yongʼin chiqqanda professor-oʼqituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga qanday xarakat qilishlari kerakligi hamda oʼt oʼchirgichlardan qanday foydalanish boʼyicha yoʼl-yoʼriq berish.

KARIMOV ERKINJON
Bo’lim boshlig’i

Telefon:
e-mail: 

 

 

KOZIMOVA ZIYODAXON
Mehnat muhofazasi boʼyicha muxandis

Telefon:

 

 

KORATOYEVA GULXUMOR
Yongʼin xafsizligi boʼyicha instruktor

Telefon:
e-mail: 

 

 

SULAYMONOV MAXMUDJON
Favqulodda vaziyatlar boʼyicha muhandis

Telefon:
e-mail: 

 

Bo’lim faoliyatini tashkil etish to’g’risida buyruq

Bo’lim nizomi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!